Название: Bolalarga Tushunarli Islom
Автор: Sardor Nabievich
Издательство: Издательские решения
Жанр: Зарубежная эзотерическая и религиозная литература
isbn: 978-5-0055-2983-1
isbn:
Muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, Ibrohim (a.s) o’z xalqini to’g’ri yo’lga qaytarish fikridan voz kechmadi. Bir kuni u qabilasidan so’radi:
– Siz sajda qilayotgan bu haykallar nima?
– Ularga bizning ota-bobolarimiz sajda qilganlar – - deb javob berdilar.
– Siz va ota-bobolaringiz adashyapsizlar, – dedi Ibrohim (a.s). Keyin Ibrohim ularga Yaratganning g’azabini qo’zg’atmaslik uchun faqat bitta Xudoga sajda qilishlari kerakligini tushuntirdi. Va bir kun butlarni yo’q qilishi haqida qavmini ogohlantirdi…
Mana bayram ham keldi. Bu paytda, Ibrohim (a.s) qavmidan bo’lgan odamlar, odatda, shahar tashqarisida o’yinlar o`ynab, maroqli tarzda dam olishar edi. Ibrohim (a.s) hamma ketgunga qadar kutib turdi va eng katta butdan tashqari barcha butlarni mayda bo`laklarga sindirib tashladi.
Bir muncha vaqt o’tgach, odamlar qaytib kelib, xudolari deb hisoblagan butlarning qoldiqlarini topdilar. Bu ularni juda g’azablantirdi.
– Bizning xudolarimizni kim bu ko`yga soldi? – qichqirishdi ular.
Ulardan ba’zilari Ibrohim (a.s) ning butlarga sajda qilishni qoralagani va hatto ularni sindirib tashlash bilan tahdid qilganini darhol esladilar. Yosh yigitni butler sindirilgan joyga olib bordilar va so’radilar:
– Ibrohim, buni sen qildingmi?
Ibrohim (a.s) ularga javob berdi:
– Yo’q. Ehtimol, jinoyatchi ularning eng kattasidir. Agar u gapirishni bilsa va sizga hamma narsani aytib bera olsa, nima uchun undan so’ramaysiz?
Bu so’zlar bilan butparastlar uyatni his qildilar.
– Bizning xudolarimiz gapirishni bilmasligini bilasanku, – deyishdi ular bunga javoban.
– Shunday qilib, siz na yaxshilik va na zarar keltirmaydigan narsaga ibodat qilishni xohlaysizmi? – deb so`radi Ibrohim (a.s).
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «ЛитРес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.