Название: Bolalarga Tushunarli Islom
Автор: Sardor Nabievich
Издательство: Издательские решения
Жанр: Зарубежная эзотерическая и религиозная литература
isbn: 978-5-0055-2983-1
isbn:
Sardor Nabievich
© Sardor Nabievich, 2021
ISBN 978-5-0055-2983-1
Created with Ridero smart publishing system
Mehribon va Rahmdil Alloh nomi bilan!
Aziz bolajonlar!
Albatta, siz Alloh haqida kattalardan eshitgansiz va siz musulmon ekanligingizni bilasiz. Yer yuzidagi birinchi odamning ismini bilasizmi? Farishtalar kimliginichi? Ibodat qilishni ham bilasizmi?
Ushbu rang-barang kitobda siz ko’plab savollarga javob topasiz, Xudoning payg’ambarlari haqidagi qiziqarli hikoyalarni o’qiysiz, shuningdek, siz kabi dinimiz – Islom haqida iloji boricha ko’proq ma`lumot olishga intilgan kichkintoylar Oysha va uning akasi Abdulloh bilan tanishasiz.
Bundan tashqari, ushbu kitobda Qur’ondan bir nechta kichik suralar keltirilgan bo’lib, siz ularni mustaqil, yoki ota-onangiz bilan o’rganishingiz mumkin. Qur’on Allohning kalomidir, shuning uchun kitob bilan ehtiyotkorona munosabatda bo`ling, yirtmang va sahifalarini iflos qilmang, kitobni nopok joylarga qo’ymang.
Rasmlarni ko’rib chiqayotganda payg’ambarlar yoki farishtalarning suratlarini izlamang, chunki ularni tasvirlash Alloh tomonidan taqiqlangan. Umid qilamizki, bu kitob siz uchun yaxshi do’st va o’qituvchi bo’ladi hamda chin musulmon bo’lishingizga yordam beradi. Alloh sizni o`z panohida saqlasin!
Qadrli Ota onalar!
Qo’lingizdagi ushbu kitob musulmon farzandlarni, rasullar sayyidining hidoyati asosida tarbiya qilishga mo’ljallangan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir bola tabiatan musulmon bo’lib tug’iladi va faqat ota-onasi uni yahudiy, nasroniy yoki olovga siginuvchi qiladi»(Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Yodingizda bo’lsin, Alloh farzandlaringiz tarbiyasini sizga ishonib topshirdi. Bu sizning U bilan kelishuvingizdir (amanat). Shuning uchun, bolalarga ularning dinlari haqida ma’lumot berish imkoniyatini boy bermang. Ushbu kitob, albatta, sizga yordam beradi. Uni bolalarga ovoz chiqarib o’qing, rasmlarni birgalikda ko’rib chiqing, o’qiganingizdan keyin savollar bering. Bolalar bu kitobning qahramonlari bilan birga ibodat va Qur’onni o’rgansin, lekin unutmangki, siz ular uchun eng yaxshi namunasiz. Islomning barcha ahkomlari va amrlariga rioya qilishingiz ularni musulmon qilib tarbiyalaydi.
Muhim eslatmalar:
1. Bolalar kitobining matnini soddalashtirish uchun arabcha so’zlar va Qur’on oyatlarining transkripsiyasi rus alifbosining harflari yordamida berildi, bu esa har doim ham arab harflarining to’g’ri talaffuziga mos kelmaydi. Masalan, arabchadagi lab-lab tovushi [в] rus tilidagi lab-tish undoshi [в] singari emas, ingliz tilidagi [w] kabi talaffuz etiladi. Shuning uchun, barcha arabcha atamalar va transkripsiyalarda (masalan, vudu, tavof) u [w]: [wudu], [tawof] deb o’qilishi kerak.
Istisno tariqasida transkripsiyada h harfi qo`llanilgan bo’lib, u arab tilidagi harfining tovushini ifoda etadi (ukrain tilidagi [г] yoki ingliz tilidagi [h] tovushiga o`xshash). «Alloh» so’zi [Alloh] deb talaffuz qilinishi kerak
2. Payg’ambarimiz Muhammad (S.A.V) keltirilgan har bir o`rindan keyin biz an’anaviy ravishda salovot aytamiz, mazkur kitobda u arabcha ligatura bilan ifodalandan:
Uning o`qilishi quyidagicha: sallalohu alayhi vasallam («Alloh taolo ul zotga oʻzining salavot va salomini nozil etsin).
Boshqa payg’ambarlarni tilga olingandan so’ng belgisi bor. Uni arab tilida quyidagicha o’qiymiz: Alayhis salom (unga salom boʻlsin).
3. Ushbu kitobda suralarning ta’rifi hanafiy mazhabiga muvofiq berilgan.
Alloh bizning ishimizni qabul aylasin va ushbu kitobni o’qigan har bir kishiga yaxshilik keltirsin! Farzandlarimizga go`zal tarbiya berishda uning O`zi qo`llasin, chunki Alloh eng yaxshi o’qituvchidir!
Omin
MUHAMMAD (s.a.v)
Mening kichkintoylarim! Bugun siz shukunga qadar yer yuzida yashagan odamlar ichida eng goʻzali bilan tanishasiz! Uning hayotida turfa moʻjizalar va hayajonli voqealar sodir boʻlgan. Bu ajoyib inson juda uzoq vaqt oldin, toʻrtyuz yil avval, Arabiston yarim orolining keng choʻllarida joylashgan Makka shahrida yashagan. Uning ismi Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v) dir. Bu zot yetti qavat osmonlarning barchasida boʻldi, u yerda oʻzidan oldin yashagan paygʻambarlar bilan suhbatlashdi. Muhammad (s.a.v) Yaratganning eng goʻzal yaratiqlarini koʻrdi va hatto u bilan muloqot qildi. Oʻsha paytda yashagan odamlar bu insonni sevib, hurmat qildilar va uni Muhammad Al-Amin (Halol Muhammad) deb atadilar.
Xalq unga shunchalar ishonar ediki, hatto unga mol-mulkini omonatga qoldirishga qoʻrqmas, uni oʻz nizolarida hakam sifatida tanlar edilar. Atrofidagi odamlar Alloh unga kichik yoshidanoq gʻamxoʻrlik qilayotganini payqashgan edi. Muhammad (s.a.v) atrofdagilarni xursand qilar va barchaga baxt keltirar edi.
Bu buyuk inson-bizning dinimiz boʻlgan Islom dinining paygʻambaridir, Mehribon Alloh tufayli biz musulmonmiz, Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v) esa dunyodagi barcha insonlar orasida eng asosiy va sevikli boʻlgan paygʻambarimizdir. Barchasi uchun Allohga shukr aytaylik, bolajonlar! Endi esa keling, uning murakkab, ammo ajoyib hayoti haqidagi hikoyani tinglaymiz.
Muhammad (s.a.v) otasi Abdulloh bola dunyoga kelishidan avval vafot etgan. Kichkintoy Muhammadning onasi boʻlib, uning ismi Omina edi. Arablarda tugʻilgan chaqaloqlarni choʻlda yashaydigan badaviylarga berib katta qilish an`anasi bor edi. U yerda bolalar sogʻlom va kuchli boʻlib ulgʻayib, toza arab tilini oʻrganar edilar.
Muhammad (s.a.v) ni Halima As-Sa’diyya ismli ayol olib ketib, emizib katta qilgan edi. Chaqaloq bu ayolning qoʻlida xotirjam va baxtiyor boʻlib ulgʻayar edi. Oʻz navbatida emizgan ona ham bolani juda yaxshi koʻrar, chunki u bilan birga oilasi va butun Sa’d qabilasi uchun Allohning marhamati yogʻilgan edi. Bu qabila eng yomon, behosil yerlarda yashar, ularning qoʻylari yaylovlardan och qaytar edilar. Ammo Muhammad (s.a.v) Sa’d qabilasida yashay boshlagan vaqtdan bu odamlarning qoʻylari yaylovdan toʻyib kelar, koʻp sut bera boshlagan edi. Halima, uning farzandlari, eri va hatto qabilalari ochlik nimaligini unutishdi. Alloh ularga katta ne’matlar berar edi. Shuning uchun, Muhammad (s.a.v) ikki yoshga toʻlganida, Halima bolani qaytarib berishni istamadi. U onasidan bolani shahar kasalliklaridan uzoqroq joyda- toza havoda qoldirishini soʻradi. Omina bu taklifga rozi boʻldi va bola yana ikki yil davomida emizgan onasining uyida yashadi.
Bir kuni Muhammad (s.a.v) uyining yaqinida bolalar bilan oʻynab yurgan edi. Kattalarningning hech biri ularga yaqin emas edi. Toʻsatdan bolalarning yonida oq libosli erkaklar paydo boʻldi. Ular ikki farishta edi. Ular Muhammad (s.a.v) ni olib, koʻkragini yorib, undan yuragini chiqarib oldilar. Keyin farishtalar yurakdagi qora qon lahtasini chiqarib olib, «yuragingdagi bu parcha – shaytondandir» dedilar. Soʻng ular Zamzam bulogʻidan keltirilgan toza va musaffo suv solingan oltin togʻorani olib kelishdi. Farishtalar Muhammad (s.a.v) ning yuragini shu suvda yuvib uni avvalgi joyiga qaytarib qoʻyishdi.
Bolalar farishtalar Muhammad (s.a.v) ning koʻksini yorganini koʻrgach, qoʻrqib qochib ketishdi. Bir necha daqiqadan soʻng, kuchli qoʻrquv oʻtib kechgan, ular shoshilgancha Halimaning yoniga yugurib boradilar va Muhammad (s.a.v) ning oʻldirilganligini aytadilar. Halima bolalar koʻrsatgan joyga qarab yugurdi. Lekin, ajablanarlisi uning emizgan oʻgʻli tirik edi. Faqat uning oqarib ketgan yuzi gʻayrioddiy hodisa roʻy berganligidan dalolat berib turar edi. Shu paytdan boshlab Halima Muhammad (s.a.v) bilan yana nimalardir sodir boʻlishi mumkinligidan qoʻrqib qoldi. U bolani oʻz onasi Ominaga qaytarishga qaror СКАЧАТЬ