Название: Жудолик диёри 1-китоб
Автор: Мансур Мурод
Издательство: Kitobxon
isbn: 978-9943-00-058-2
isbn: 0
"Jondan aziz ukajonim, Maqsud, bu besh kunlik omonat dunyoni sizlarga tashlab keta turib, u ota yurtni, sizlarni, xolalarimu pochchalarimu tog'alarimni, bu dunyodan o'tib ketgan barcha mahalladoshlarni esladim. Va Ulug'xo'jaboylar sulolasining umidli novdasi bo'lgan senga shu omonat gaplarimni qoldirgim keldi…Maqsud, qo'y, o'zingni bos. Yig'lama. Men senga armonlarimnimas, o'z xato-yu gunohlarimni to'kmokdaman. Yolg'iz Olloh va o'zimgina biladigan gunohlarimni senga ishonib aytmokdaman. Sen uzoqqa boradurgan yigitsan, tushunib olarsan, deb o'ylayman. Yurtimizda kimlar meni qaroqchi deb atar, kimlar so'nggi bosmachi, deb tavqi la'nat tamg'asini bosib ham qo'ygandir. Balki, ba'zilar birovning to'yini buzib, nikohidagi ayolini olib qochgan nobakor deb bilar. Lekin men, Hudovandi Karimga ming qatla shukrlarki, u gunohi azimga botib ulgurmadim. Mening gunohim boshqa narsada: bu dunyoda har neki Ollohning izni-irodasisiz bo'lmasligini unutib, Bahriddin oshnamning qasosini olmaguncha qo'ymayman, deb qasam ichganim va shu niyat bilan bir bandaga bilib-bilmay zulm o'tkazib qo'yganimdir! Men sultonlar ham jur'at etolmaydigan bir jazoni inson bolasiga, Hudo qo'shqo'llab urib qo'ygan kimsaga ravo ko'rib, yomon adashibman. U asli beayb bo'lib chikdi, Maqsud…"Adib Murod Mansurning «Judolik diyori» asari ana shu tarix va kechmishlar haqida bahs etadi.