Название: Асарлар. Махтумқули
Автор: Махтумкули
Издательство: Kitobxon
isbn: 978-9943-4469-9-1
isbn:
Sahar turib, toatlarin zo‘r chekar.
Odam o‘g‘li, qiyomat kun bo‘lganda,
Mo‘‘minning gunohi qolmasmish tanda,
Pul-sirot ustida, hayhot kuninda
So‘filarni karomatli Pir chekar.
Tar ochilgan toza gullar so‘lganda,
Azroyil odamning jonin olganda,
Qiyomat oxiri mahshar bo‘lganda,
Sudxo‘rlarni, g‘iybatkashni nor chekar.
Safarkashlar yiroq yo‘ldan qaytganda,
Og‘ir yukli shuturlardan, karvonda
Log‘ar25 cho‘kib, yuki qolsa maydonda,
Maydon ichra borib savash qurilsa,
«Hay-yo, huyt!» deb, arab otlar surilsa,
Bir mard yigit qolib, bo‘yni burilsa,
Uning orin ot yurakli sher chekar.
Kimlar yurar Biru Borga yolvorib,
Kimlar kezar haqiqatda yo‘l yurib,
Bir bechora ko‘rsa-turgan termulib,
Uning ishin ammo sara yer chekar.
Maxtumquli, ishing tushsa mard bilan,
Nomard botir bo‘lmas, garov-shart bilan,
Duch kelganda yo‘ldosh bo‘lsang gurk28 bilan,
«Harchand bo‘lsang ot ustida, «ar!»29 chekar.
SAHAR TURIB, BIRU BORGA YUZ TUTSANG
Duo qilsang, dargohga duch bo‘larmi,
Sahar turib, Biru Borga yuz tutsang,
Yo Rab, barhaq do‘sti xushvaqt bo‘larmi,
Bir ko‘ngil-chun yuz hunarga yuz tutsang.
Sahar turib, nolish qilsang Xudoya,
Quyoshga qo‘l kerib, yolvorsang Oya,
Dunyo uchun boqsang davlat Xumoya,
Ganj-chun afsun o‘qib, morga yuz tutsang.
G‘arq bo‘lsang daryoga, duch bo‘lsang dardga,
Ta’ma uchun ochma yuzingdan parda,
Qatlan30, tilab borma kibr-nomardga,
Ishing tushib, do‘sti-yorga yuz tutsang.
Nomardga yuz tutsang, ishing qayirmas,31
Itdan suyak kutgan hech ne ayirmas,
Tulki o‘zin kunda bir ham to‘yirmas,32
Ma’qul, och ham bo‘lsa, sherga yuz tutsang.
Maxtumquli, garchi baxting sho‘r bo‘lar,
Mavlom nazar solsa, davlat yor bo‘lar,
G‘am sendan ayrilar, darding dur33 bo‘lar,
Kamolxon afg‘ondek yerga yuz tutsang.
OLQISH OLIB, DARAJASI ZO‘R BO‘LAR
Yaxshilikda elga o‘zin tanitgan,
Olqish olib, darajasi zo‘r bo‘lar
Yomon bo‘lib, yaxshilikni unutgan,
Izzatin yo‘qotib, itdan xor bo‘lar.
Mungli bo‘lar murodiga yetmagan,
Muynli bo‘lar Haq amrini tutmagan,
O‘z rizqiga hech qanoat etmagan
Kas oshiga ko‘zin tikar-zor bo‘lar.
Har kim yomonlasa tengi-to‘shini,
O‘zi mushkul aylar oson ishini,
Kim yo‘qotsa aqli bilan hushini,
Qilar ishin bilmas, sharmisor bo‘lar.
Zehini kaj bo‘lar bodi yang‘ilgan34,
Beixtiyor bo‘lar qo‘li tang‘ilgan,
Kurashda yiqilgan, jangda yengilgan
Ichi to‘la nomus bilan or bo‘lar.
G‘ayrati kam bo‘lar ul qahri ozning,
Avji past bo‘ladir motamda sozning,
Uyiga borsangiz, bir beniyozning,
Miqyosi kichrayar, ko‘ngli tor bo‘lar.
Kim baloni sotib olsa boshiga,
Rashk etib, raqiblar kelar qoshiga,
Kim urinsa uhda qilmas ishiga,
Savdosidan kelabilsa, er bo‘lar.
So‘nggin tovba etmas adashgan-ozgan,
O‘t yoqsang, qaynamas bir quruq qozon,
Fahm aylang, har qanda bir fe’li ozgan,
Yovuz musallatga sazovor bo‘lar.
Xazonga aylandi umrim tar guli,
Nazarin past tutar eldan, bergili,
Beiqbol, yozuqli, yomon ko‘rguli35,
O‘tru kelsa, bir yomonga yor bo‘lar.
Oldda-ortda ko‘rsang har kas g‘ulomin,
Undan ayamagin Tangri salomin,
Kim o‘qib, unutsa Haqning kalomin,
Qiyomat kun ikki ko‘zi ko‘r bo‘lar.
Holi mushkul bo‘lar kuyib-yonganning,
Imoni shikastli harom yeganning,
Qasddan Ro‘za, Namozini qo‘yganning
O‘zi kofir biling, joyi tor bo‘lar.
Maxtumquli, so‘zla har ne bilganing,
O‘zingga taqsir bil aytmay o‘lganing,
Tarashlab elga tut dilga kelganin,
Sendan so‘nggilarga yodigor36 bo‘lar.
FIG‘ON IKLANMAS 37
Bulbul makon etgan havoli bog‘lar,
Bulbul sendan ketar, fig‘on qolgaymi!..
Yog‘ishli, yomg‘irli, tumanli tog‘lar
Sellar sendan ketar, tuman qolgaymi!..
Odam yaratilmish balandli, pastli,
Aqlli-fikrli, dalili-mastli,
Yigitlik go‘yo bir gul-bahor fasli,
Baho sendan ketar, zamon qolgaymi!..
Kelganga qarshi chiq bo‘lsa majoling,
Yaxshi tutavergil niyating-fe’ling,
Dunyo СКАЧАТЬ
25
Log‘ar – oriq, kuchsiz tuya.
26
Bor – yuk.
27
Nar – erkak, kuchli, erkak tuya.
28
Gurk – bo‘ri.
29
Ar chekar» – arilar demoqchi.
30
Qatlan – chiran, chida, jon chek.
31
Qayirmas – bitkazmas.
32
To‘yirmas – to‘ydirmas.
33
Dur – yiroq, uzoq.
34
Yang‘ilmoq – adashmoq.
35
Ko‘rguli – bechora qolgan.
36
Yodigor – yodgor.
37
Iklanmas – muqim turmas, hayallamas.