Bağımsızlık Dönemi Özbek Edebiyatı. Анонимный автор
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Bağımsızlık Dönemi Özbek Edebiyatı - Анонимный автор страница 33

Название: Bağımsızlık Dönemi Özbek Edebiyatı

Автор: Анонимный автор

Издательство: Elips Kitap

Жанр:

Серия:

isbn: 978-625-6853-58-4

isbn:

СКАЧАТЬ için sürekli evde kalmayıp, biraz daha yüksek bir yere, gökyüzüne olmasa da en azından evinin çatısına çıkarak dört yanına uzun uzun bakması yeterli.

      Önce kendisine bakıp…

      Onun gönlü ayna olursa…

      Bu ayna temiz olursa…

      Şairlik yapamayışıma bu teselli oldu.

      Şimdi bilmiyorum: yazarlığım bundan sonra nasıl olur acaba?

      Bu duygu yarım bir devlet mi yoksa tam mı?

      (Ahmad Azam, “Vatan Hakıda Yazışge Küçim Yetmegen Şe’rim”, Sayesini Yokatgen Adem (Hikaye, Novella va Kıssaler), Şark Neşriyati, Taşkent, 2004. s. 178-182.)

(Aktaran: Kamila Topal)

      AHMAD A’ZAM VATAN HAQIDA YOZISHGA KUCHIM YETMAGAN SHE’RIM

      Eski shaharning eski bir hovlisida turaman.

      Do‘ppidek hovlicha, yozuv-chizuvim bilan unga sig‘may, tepaga – boloxonaga chiqib olganman; derazadan faqat tomlar, tomlar orasidan boshini chiqargan daraxtlaru onda-sonda uchib o‘tgan qushlar ko‘rinadi; oftob nuri to‘g‘ri men yozadigan qog‘ozlarga tushadi, ko‘zimni qamashtiradi; shovqin yo‘q, hammayoq osoyishta – senga nima yetishmaydi, istaganingcha to‘yib-to‘yib yozmaysanmi, deyman o‘zimga.

      Lekin hech ko‘nglim to‘lmaydi, nimagadir bo‘m-bo‘sh; boloxonaga chiqib olgan bo‘lsam-da, pastda ro‘zg‘orimdan balandda emasman, turmush tashvishlari xuddi qo‘rdan uchgan qurumdek kelib qog‘ozlarimga tushaveradi -yozganlarimda mayda-chuyda ko‘p, balandlik yo‘q.

      Osmon toza, oftob hamishagidek charaqlagan bir kun edi, derazadan qarab shularni o‘ylab o‘tirgan edim, birdan tomlar ko‘zimga boshqacha ko‘rinib ketdi: hammasi tutash, bir-biriga kiftini tirab, pastda yashayotgan oilalarning ahil yo arazlashganiga qaramay, kelishuvchilik bilan yastanib, quyoshning nurida birgalashib isinayotgandek tuyuldi: misoli erta ko‘klamda oftob-shuvoqqa yonboshlab, undan-bundan inoqqina gurung qurgan, oltovlon ola bo‘lmagan og‘a-inilardek… Birbirining shu dunyoda borligidan, qatorlari kamaymaganidan quvonib, shu quvonchlarini hangomalashib o‘tirgan, hali ham zabardast, hali ham chorpahil chollardek… Xullas, bir-birini ko‘rsa yuzi yashnab ketadigan odamlardek…

      Daraxtlar ham tomlar orasidan bo‘ynini cho‘zib, shamolda alanglagancha, bir-biridan hol-ahvol so‘rayotgandek ko‘rindi.

      Yana biridan biriga nur o‘tayotgan quvvatsimlarning tomlar boshini qovushtirishi; kechasi hovlilarning birida chiroq o‘chsa, hammasi zimiston ichida koladn; yorug‘ oqib kelsa, baravar bo‘lashib oladi…

      Hozir hammasining tepasida charaqlayotgan bitta quyosh, balandbalandlarda ko‘kish tovlanayotgan yagona osmon!

      Tomlar bir-biriga soya tashlamaydi, osmonni, quyoshni bir-biridan qizg‘anmaydi; bo‘g‘otlarda joy talashib chirqillashayotgan chumchuqlarning kunchkovligiga beparvo. Go‘yo tomlar ahil, atrof tinch bo‘lib, tashvishlanadigan kattaroq gap topilmaganidan zerikkan chumchuqlarga mayda-chuydadan boshqa tashvish qolmagandek…

      Yuksaklardan o‘tib qolgan katta qushlar tomlarga soqchi, osmonning ko‘kragiga rasm chizayotgan qaldirg‘ochlar – xabarkash…

      Bu ko‘rinishda…

      Eh! Aytib berolmayman.

      Shu o‘tirgan joyimda, boloxonam, hovlim, qog‘ozlarim bilan birga, o‘zim ham shu ko‘rinishning bir bo‘lagi ekanman; ko‘rib turibman, ko‘rganlarimni uqyapman: hali bu hammasi emas, ko‘z oldimdagi ko‘rinish tasavvurimga sig‘mayotgan juda katta, cheksiz-chegarasiz manzaraning bir bo‘lagi, bir parchasi, xolos, deb o‘ylayapman.

      Bu – tiriklik, men ham uning ichida tirikman: shular bo‘lmasa, men bo‘larmidim!

      G‘alati bo‘lib ketdim.

      Men bu manzaraning o‘rtasida o‘tiribman, agar hozir boloxonam tomiga chiqib, chor-atrofga nazar solsam, hammayoqda shu manzaraning parchalarini ko‘rar, xuddi hadsiz-hududsiz, yashnoq gilamning o‘rtasida, uning ranglaridan ko‘zi qamashib, uning cheksizligidan aqli shoshib qolgan chumolidek, anqayib turaverar edim.

      Ko‘nglim orziqib, qani edi-ya, shularni yozsam, deb o‘yladim. Ichimdagi shu tuyg‘ularni qog‘ozga tushirsam: yozganlarimni o‘qiganlar ularda shu tomlarni, daraxtlarni, osmonni, oftobni va shu ustivor kenglikka qarab quvonib o‘tirgan o‘zimni ham ko‘rishsa, o‘qiyotib menga o‘xshab quvonishsa…

      E, shoir emasman-da! Agar shoir bo‘lganimdami!

      Lekin shoirlarga o‘xshab hayajonlanib ketdim. Hayajonimni yozmoqchi bo‘ldim, mayli-da, she’r bo‘lmasa ham, ko‘nglimga yarasha: agar to‘rt devorni bitta tomga juftlab, olamga kirib-chiqiladigan eshik ochilsa uy bo‘ladi; uyning derazalaridan osmon oqib kiradi, agar uylar birlashib, betma-bet tursa ko‘cha, ko‘chalar bir-biriga ulansa, – qishloq bo‘ladi; qishloqning yo‘llari boshqa qishloqlarga oqib chiqadi;

      agar qishloqlar qo‘shilib, tomlar bir-biriga kiftini tutsa, chorrahalarda boshini boshiga tirab ko‘chalar gurunglashib yotsa – shahar bo‘ladi; shaharning uylari oftobga qarab o‘saveradi, yo‘llaridan yana-yana qishloqlar oqib kelaveradi; agar shaharlar, qishloqlar, dalalar, qirlar, yaylovlar, sahrolar, cho‘llar, tog‘lar, daryolar uylari, daraxtlari, o‘t-o‘lani, suvlari, tuprog‘i, toshi, shamollari, jonzotlari va odamlari bilan bitta quyosh, yagona osmon ostida birlashib ketsa – Vatan bo‘ladi – ka-atta!

      Bu tirik haqiqatni o‘zimcha shunday angladim: Vatan ko‘z oldimga keldi, ro‘yirost ko‘rindi, uni bag‘rida o‘zimni ham ko‘rdim: kichkinagina hovlimning ustida qo‘ndirilgan kaptarxonadek boloxonada o‘tiribuchib, Vatanimning poyonsiz suratini oyna-ko‘nglimga sig‘dirishga urinib turgan holimda unga qo‘shilib-birlashib ketgan ekanman.

      Men Vatanim bergan boshpanada yashab, u bergan ne’matlardan jon, havosidan nafas olib o‘tirgan ekanman.

      Zuvalam ham uning tuprog‘idan, qarib-churisam ham shu tuproqqa qaytaman!

      Hatto shu gaplarni yozayotgan qog‘ozlarim ham Vatanniki – uning o‘rmonlarida o‘sgan og‘ochlarda olingan ekan. Men esam shu paytgacha bu qog‘ozlarga kim qaydagi mayda-chuydalarni to‘kib…

      Endi shukronamni she’rga solmoqchi bo‘ldim.

      “O‘h-ho‘, qanchalar bepoyon ekansan, Vatan!”—deb yozdim, quruq gap bo‘lib qoldi; Vatanga quruq gap aytib bo‘lmas ekan.

      “Ka’bamsan, Vatan!” – deb yozdim, lekin o‘zim Vatanimning qoq bag‘rida – poytaxtida o‘tiribman, chor-atrofim – Vatan, unga bukilib sajda emas, yetib-yugurib xizmat qilishim kerak, deb o‘yladim.

      “Erka o‘g‘lingman, Vatan”, deb yozdim, ammo yoshim qirqqa borib ham, haliyam boladay erkalik qilib yursam, yarashmas-ov, degan andishaga bordim.

      “Vatan, sen – uylar bir-birini suyaydigan, yo‘llar bir-birini ulaydigan, qo‘shiqlar bir-birini tinglaydigan, suvlar bir-birini izlaydigan, maqsadlar bir-birini sizlaydigan buzruk ma’vosan, lekin yuragimga sig‘asan”, deb yozdim, tuzukka o‘xshadi, ammo she’r bo‘lmadi.

      “Vatan – men sening…” СКАЧАТЬ