Gulyetim. Nabijon Qodirov
Чтение книги онлайн.

Читать онлайн книгу Gulyetim - Nabijon Qodirov страница 5

Название: Gulyetim

Автор: Nabijon Qodirov

Издательство: SHARQ

Жанр:

Серия:

isbn: 978-9943-26-982-8

isbn:

СКАЧАТЬ yerni larzaga solgan mahal, qo‘rqib ketgan qo‘ziqorinlar ariq bo‘ylariga potirlab chiqadi. Do‘ppimni to‘ldirib-to‘ldirib ularni terarkanman, shunday xushmanzara, jannatmakon yurtda yashayotganimdan quvonaman. Qishin-yozin bu yerdan katta-kichik bolakaylarning oyog‘i uzilmaydi. «Shovva» deb atalmish bu ajib maskan hammaning sevimli oromgohiga aylanadi. Aslida, qishloq odamlarining bolaligi shu yerdan boshlanadi, desam yolg‘on bo‘lmas. Yoz bo‘yi maza qilib cho‘milamiz. Suvdan dildirab chiqib, o‘zimizni quyosh tig‘iga to‘yingan mayin tuproq bag‘riga uramiz. Qumdan tank, pushkalar yasab bir-birimizga «o‘q» chang purkaymiz. Qaqshatgich hujumdan so‘ng yuz-ko‘zlarimiz balchiq, loyga belanib, tanib bo‘lmas ahvolga tushgan, biz, «jangchi»lar yugurib borib o‘zimizni suvga otamiz va yana oppoqqina bo‘lib chiqaveramiz. Bunday maza joy yana qayda bor?!

      Qishda suv birmuncha kamayib oynaday tiniqlashadi. Endi uning tubida galalashib suzib yurgan baliqlar es-hushimizni o‘g‘irlaydi. Kimdir o‘zi to‘qigan qo‘lbola to‘rda, kimdir savatda, hatto ayrimlar muzday suvga tushib qo‘li bilan baliq ushlashga kirishadi. Chetda diqqat bilan kuzatayotgan bir to‘da mitti tomoshabinlar ham tutilgan baliqlarga angrayib termiladilar, hayratlanadilar. Tegirmonning yonginasida eski, qadimiy bir kulba bor. Uni katta-yu kichik «Suhmozor» deydi. Aytishlaricha, bu ko‘hna qadamjoning tabarruk tuprog‘i odamlarni suqdan, yomon ko‘zlardan asraydi. Mabodo suqlangan bo‘lsa, dardidan forig‘ etadi. Mozorga tutash bir necha asrlik qari sadda daraxti ham, uning shoxlariga bog‘langan har xil rangdagi son-sanoqsiz latta-puttalar ham bu yerning qandaydir ilohiy, sirliligini oshirganday ko‘rinadi. Erkaklar tovuq so‘yib, palov damlasalar, har chorshanba atrof qishloqlardan kelgan xotin-xalajlar guruh-guruh bo‘lib bo‘g‘irsoq, chalpak pishirib elga, irim qilib parranda-yu darrandaga ham tarqatadilar.

      Kulba ichidagi kavushga o‘xshash qora chiroqni yoqib, yerga dumalaydilar. Shifobaxsh tuproqdan olib, yuz-ko‘zlariga surtadilar. Muqaddas suralardan bilganlaricha o‘qib, chiroq atrofiga tanga sochadilar. Xonadan faqat shu yergagina xos bo‘lgan ajabtovur yoqimli is doim ufurib turadi. Ziyoratchilar ko‘payganda shu atrofda yashovchi uchar bolakaylar ham hushyorlikni oshiradilar. Mehmonlar kulbani tark etishlari bilan o‘zlarini ichkariga urib, tanga teradilar. Shunday kunlarning birida Tillovoy aka poylab turib Zokir ikkalamizni ushlab oldi. Qulog‘imizni burab, jazolay boshladi. Mojaroga bizni kuzatib turgan tegirmonchi Abdulhaq bobo qo‘shildi.

      – Ha, Tillovoy, nima bo‘ldi? Tinchlikmi?

      – Ko‘rmaysizmi, mana bu zumrashalar mozordan pul o‘g‘irlashyapti.

      – Bolalarni qo‘yvor. Ularga qattiq tegma. Nima, sen o‘zing o‘g‘irlamaganmisan? Hammamiz ham shu yerdan pul olib katta bo‘lganmiz, to‘g‘rimi?

      – To‘g‘ri, – dedi Tillo aka o‘ng‘aysizlanib.

      – Bunaqa ishlar mening ham bolaligimda bo‘lgan. Bu sen aytgan o‘g‘irlikka kirmaydi. Bolalarning oddiygina sho‘xligi xolos.

      Qilgan ishimdan pushaymon bo‘lib uyga kirar ekanman, onajonimning nasihatlari yodimga tushdi. Qo‘rqqanimdan uning ko‘ziga ko‘rinmaslikka urindim. Xuddi meni hoziroq kelib tintuv qiladigandek, mozordan olgan yigirma tiyin pulimni qayerga yashirishni bilmay, betoqat bo‘laverdim. Oxiri, ko‘zimni chirt yumib, tangani tomga uloqtirdim-u, o‘zimni yengil his qildim.

      ABDULHAQ BOBO

      Ariqlarda suv kamayib qolsa, Abdulhaq bobo Shovva tomonni chippa to‘sib, suvtegirmonni ishga solardi. So‘ng tepalikka chiqib, antiqa sopol karnayni olib to‘rt tomonga qaratib uzoq chaladi. Tanish ovozni eshitgan olomon bug‘doyini eshakka ortib yo yelkasiga ko‘tarib tegirmonga oqib kelaveradi. Abdulhaq boboning qo‘liqo‘liga tegmay qoladi. Endi biz uni ust-boshi, do‘ppisiyu qosh-ko‘zlarigacha un gardidan go‘yo ustiga qirov qo‘nganday oppoq holda ko‘rib sira ajablanmaymiz. Abdulhaq boboning gaplari keskir, ko‘zlari katta-katta, baralla qo‘ygan soqoli o‘ziga yarashgan, barvasta, chiroyli bir kishi edi. U tashqi qiyofasidan badjahl, xiyla qo‘rsroq ko‘rinsa-da, aslida insofli, gapni bejamay aytadigan to‘g‘riso‘z odam. Bolalarni yaxshi ko‘rishini esa uning fe’l-atvoridan bilib olish qiyin emasdi.

      Tegirmonning yonginasida uning kattagina bog‘i bo‘lib, oppoq chilgi shaftolilar rosa pishib yotardi. Bog‘ga o‘g‘irlikka kirgan bolalarni sezsayam ataylab o‘zini bilmaganga olardi. Qarsillab shoxlarning singanini eshitsa:

      – Kim u! To‘xta! – deb baqirganicha turgan joyida tizzasiga shapatilab qo‘yardi.

      Shuning o‘zi o‘g‘rilarga yetarli bo‘lar, oldi-ketiga qaramay qochib qolishardi.

      Shovvada cho‘milayotgan bolalar haddidan oshib to‘polonni oshirib yuborsa, Abdulhaq bobo ularni haydab quvib qolardi. U oxirgi bola ham qochib qolmaguncha engashib atrofga alanglar, go‘yoki o‘zini shoshib kesak yoki kaltak qidirayotganga solib yolg‘on po‘pisa qilardi. Men bilan mutlaqo ishi bo‘lmas, bopladimmi, – deganday qarab ko‘zini qisib qo‘yardi, xolos. Chunki, men uning oldiga tez-tez chiqib, mayda-chuyda yumushlariga qarashib turardim-da. Ba’zan Ziyovuddin nosfurushdan nos keltirib bersam, ba’zan idish-tovoqlarini ariqda chayib, xursand qilardim. Shundanmi, bu yerda o‘zimni mezbonday tutib, cho‘milgisi kelib pana-panadan menga havas bilan mo‘ralab turgan bolalar oldida ozgina kerilib ham qo‘yardim.

      Bir kuni ozg‘in, novchadan kelgan, dovdirroq bir yigit tegirmondan chiqqan ikki qop unini eshagiga yukladi. U egniga qimmatbaho chopon kiyib olgan, ammo havo birmuncha salqin bo‘lishiga qaramay, yalangoyoq edi. Yigit yangi to‘ni borligidan suyunib: ko‘rib qo‘yinglar, – deganday bir choponiga, bir odam larga qarab ko‘p aylandi. Oz-moz yomg‘ir tomchi layotgani bois, choponini namoyishkorona yechib, qop larning ustiga yopdi-da uyiga jo‘nadi.

      – Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin, – dedi navbat poylab o‘tirgan sertabassum chol sheriklariga qarab jilmayarkan. Chamasi uch soatlar o‘tgach, yigit so‘ljayib yana tegirmonga qaytib keldi va Abdulhaq boboga arz qila boshladi.

      – Abdulhaq buva, ertalab sizga ikki qop bug‘doy keltirib un qildirgandim.

      – Xo‘sh, – dedi bobo yigitga termilib.

      – O‘sha qoplarning biri o‘zimniki, ikkinchisi qo‘sh nimniki edi. Mendan iltimos qilganligi uchun olib kelgandim.

      – Xo‘sh.

      – Uyga borib, qoplar ustidan choponimni olib qarasam, qo‘shnimniki joyida turibdi, mening qopim esa yo‘q. Yo alhazar, deb yoqamni ushladim. Yo‘lda eshak jonivor ariqchadan o‘tayotib, sal silkinganday bo‘luvdi. Darrov izimga qaytib, o‘sha joyni rosa qidirdim. Ammo qop topilmadi. Uyda bir chaksayam un qolmagandi-da, buva. Endi nima qilaman?

      – Eshakning oldida ketdingmi, orqasidami?

      – Orqasida, – dedi yigit yig‘laguday bo‘lib.

      – Hech narsaga qoqinmadingmi? – dedi bobo jilmayib.

      – Yo‘q.

      – Kerilib burningni osmonga ko‘taravermay, sal pastgayam qarab yurgin-da, ahmoq. Abdulhaq bobo yigitni bolaxonador qilib so‘ka boshladi.

      – Yo alhazar… Meni nega so‘kasiz? Ahmoq demang, – dedi yigit tegirmonchiga mo‘ltirab qararkan, iltijoli ovozda.

      – Ahmoq bo‘lmasang… O‘lasanmi mana bu choponni sal arzonrog‘ini olib, oyog‘inggayam biror narsa kiysang. Yigit yerga qaradi.

      – Yur! – dedi Abdulhaq bobo yigitni jerkib.

      Ular uzun-qisqa bo‘lib ichkariga kirdilar. Chol yigitning qopiga un solar ekan dedi:

      – Te СКАЧАТЬ